Slovakiya boş vaziri Robert Fitso mamlakat hukumati a’zolari yiğilişidan keyingi otişma oqibatida jarohatlangan.

Mahalliy naşrlarga köra, Fitsoga Gandlova şahrida (poytaxt Bratislavadan 190 kilometr masofada) suiqasd uyuştirilgan. Guvohlarning sözlariga köra, Fitso hukumat yiğilişidan keyin mahalliy aholi vakillari bilan körişgan, ulardan biri esa unga qarata öt oçgan. Natijada boş vazir yerga yiqilgan, uning kökrak sohasi, qorin qismi, qöl va oyoqlariga jarohat yetkazilgani aytilmoqda.

Boş vazir vertolyotda Gandlova yaqinidagi Banska-Bistritsedagi şifoxonaga olib borilgan, çunki Bratislavaga olib boriş köp vaqt talab etardi.

Uning feysbukdagi rasmiy sahifasida ahvoli öta oğir ekani, jarrohlik amaliyoti ötkazilişi ma’lum qilingan.

Pravda naşri hujumdan keyin olingan videoni namoyiş etgan, unda Fitso bukçaygança xizmat avtomobiliga çiqayotgani aks etgan.

HNonline.sk naşri yozişiça, politsiyaçilar hujum qilgan şaxsni darhol qölga olişgan. 

U Slovakiyaning Levitse şahridan bölgan 71 yoşli şaxs ekani aniqlangan.

Mahalliy naşrlarga köra, Roberta Fitsoga hujum qilgan şaxs - slovakiyalik taniqli yozuvçi Yuray Çintula.

U liberal «Progressiv Slovakiya» partiyasi faollaridan hisoblanadi.

Gandlova şahrida Robert Fitsoga hujum qilgan şaxsning qölga olinişi
Radovan Stoklasa / Reuters / Scanpix / LETA

Gandlova şahrida ötkazilgan yiğilişda hukumat a’zolari Slovakiyaning ikki hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni muhokama qilişgandi.

Putinning Yevropadagi dösti

Robert Fitso 2023 yil oktyabrida parlament saylovlarida uning «Kurs — sotsial demokratiya» partiyasi ğolib çiqqaç, hukumat rahbarligiga kelgandi. Saylovoldi kampaniyasi çoğida Robert Fitso Ukrainaga harbiy yordam körsatilişiga qarşi ekanini aytgandi.