Qöşma Ştatlarda amaldagi prezident Jo Bayden va respublikaçi Donald Tramp örtasidagi birinçi saylovoldi teleduel kutilmaganda iyun oyining oxiriga rejalaştirildi. Amerikaning CNN telekompaniyasi 15 may, çorşanba kuni teledebat 27 iyun oqşomida Jorjiya ştatining Atlanta şahrida bölib ötişini ma’lum qildi.
Avvalroq Bayden, taşkiliy komissiya rejalaridan farqli ravişda, teledebatlarni tezlaştiriş va ularni kelasi oyga belgilaşni taklif qilgan va Tramp bunga rozi bölgan edi. Bayden X platformasidagi mikroblogida şunday deb yozgan: «Men CNN’dan 27 iyun kuni debat ötkaziş taklifini oldim va qabul qildim. Endi navbat senga Donald: istalgan joyda, istalgan paytda körişamiz».
Tramp jamoasi bu sanaga rozi ekanini aytib, saylovçilarga ikkitadan ortiq teleduelni tomoşa qiliş imkoniyatini beriş kerakligini qöşimça qildi, şuning uçun u Bayden va Tramp örtasida törtta teleduelni taklif qildi - iyun, iyul, avgust va sentabr oylarida.
Dpa agentligining ta’kidlaşiça, teledebatlarni iyun oyida ötkaziş juda ğayrioddiy. Demokratlar va Respublikaçilar partiyalarining iyul va avgust oylarida bölib ötadigan qurultoylariga qadar Bayden va Tramp AQŞ prezidentligiga rasman nomzod sifatida körsatilmaydi.
Kelişilgan rejalarga zid tarzda
AQŞda prezidentlikka nomzodlar örtasidagi teledebatlar an’anaviy tarzda partiyalararo komissiya tomonidan taşkil etiladi. U noyabrda uçta teleduel sanasini belgilagan - 16 sentabrda San-Markosda (Texas), 1 oktyabrda Pitersbergda (Virjiniya ştati) va 9 oktyabrda Yuta ştatining Solt-Leyk-Siti şahrida.
AQŞ vitse-prezidentligiga nomzodlar örtasidagi yagona teledebat, komissiya rejalariga köra, 25 sentabr kuni Pensilvaniya ştatining Iston şahrida bölib ötişi kerak. Bayden yana özining örinbosari Kamala Xarris bilan birga saylovda qatnaşadi. Tramp hozirça kimni vitse-prezident lavozimiga tayinlaş niyatida ekanligini e’lon qilgani yöq.









