Özbekiston kon va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Xitoy Xalq Respublikasining “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “HG-AMMC” MÇJ qöşma korxonasi qurilişiga start berildi. Uşbu bayram har yili may oyining 3-yakşanbasida nişonlanadi.

Qöşma korxonaning quriliş işlarini boşlaş tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti va mutaxassislari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Mazkur qöşma korxona joriy yilning yanvar oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy taşrifi davomida erişgan kelişuvlarning natijasidir. Ohangaron tumanida joylaşgan korxonada “Toğ-kon maşinalari uçun ehtiyot qismlari işlab çiqariş” loyihasi amalga oşiriladi. Uşbu loyihaning qiymati 23 mln dollar bölib, mahsulot işlab çiqarişning yillik hajmi 37,5 mln dollarni taşkil etadi. Hamkor kompaniya tomonidan toğ-kon maşinalari uçun 282 dan ortiq ehtiyot qismlari işlab çiqariladi.

Işlab çiqarilgan mahsulotlar birinçi navbatda mahalliy bozordagi ehtiyojlarni qoplaydi va kelajakda eksport qilinadi.

E’tiborlisi, qöşma korxonada 150 ta yangi iş örinlari yaratilib, loyiha Özbekiston sanoat sohasida yangi yutuqlarga erişişga va iqtisodiyotning ösişiga salmoqli hissa qöşadi.

Tadbirda OKMK rahbariyati, “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti va nuroniylar iştirokida ramziy lenta qirqilib, loyihaning qurilişiga rasman start berildi.

Loyiha va kelgusidagi rejalar haqida “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Tsun Tsilin Özbekiston bilan hamkorlik aloqalari haqida gapirdi: