Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, hodisa tafsilotlarini örgandi.
Ma’lum bölişiça, boşqa tadbirkorlar qulab tuşgan uy yonidagi eski uyni sotib olişgan va örniga kattaroq dökon qurişmoqçi ekan. Şu maqsadda kotlovan (handaq) qazilgan. Quriliş işlarini bajariş uçun barça hujjatlar rasmiylaştirilgan, ruxsatlar olingan. Faqat texnologik protsess notöğri bajarilgan.
Qöşni uydagilar ğalati qasir-qusur ovozlardan söng uyni tark etişga ulgurişgan. Heç kim jabrlanmagan.
Tadbirkorlar qulagan uyni sotib olişga va’da berişgan. Uyning narxi 300 ming AQŞ dollari miqdorida baholangan.
Samarqand viloyatining Juma şahrida kotlovan notöğri qazilişi oqibatida quriliş obektiga tutaş bölgan uy qulab tuşişi holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 2024 yil 15 may kuni fuqaro Hasan Murodullayev Past Darğom tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Samarqand mahallasi, Samarqand köçasi, 28-raqamli yaşaş uyi bilan bir devor qöşnisi Toxirjon Begmatov hovlisida dökon quriş uçun kotlovan qazganini, quruvçilarga qaziş işlarini töxtatişni, aks holda uy qulab tuşişini bir neça bor aytib kelganini bildirgan.
Uy egasi quruvçilar kotlovan qaziş işlarini davom ettirganini va buning oqibatda 14 may kuni soat 19:45larda yaşaş xonadoni qulab tuşib, unga 300 ming AQŞ dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon etgan. U arizasida fuqaro Tohirjon Begmatovga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Hozirda holat yuzasidan Past Darğom tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlangan. Ta’kidlanişiça, jinoyat işining tergovi nazoratga olingan bölib, qöşimça ravişda axborot berilişi ta’minlanadi.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandida mulkni atrofdagilar uçun xavfli usulda qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş jinoyati nazarda tutilgan. Bunday qilmiş bazaviy hisoblaş miqdorining 75 baravaridan 100 baravarigaça (25,5 mln sömdan 34 mln sömgaça) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Avvalroq Samarqand viloyatining Juma şahrida kotlovan notöğri qazilişi oqibatida quriliş obektiga tutaş bölgan uy qulab tuşgani xabar








