
Arab davlatlari yetakçilarining muhokamasidagi asosiy mavzu Falastinning Ğazo sektoridagi vaziyat va umuman Falastin muammosi böldi.
Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Ol xalifa Manamada ötgan Arab davlatlari ligasi sammiti oçiliş marosimida Yaqin Şarqda tinçlik örnatiş böyiça xalqaro konferensiya ötkazişga çaqirdi.
«Bahrayn Qirolligi mintaqani barqarorlaştiriş va rivojlantiriş borasidagi asosiy masalalarini hal qilişga qaratilgan bir qator taşabbuslarni ilgari surmoqda. Ulardan eng asosiysi Yaqin Şarqda tinçlik örnatişga qaratilgan xalqaro konferensiya ötkaziş taklifidir. Bu Falastin davlatini tölaqonli tan olişni va uning Birlaşgan Millatlar taşkiloti a’zoligiga bölgan intilişini töliq qöllab-quvvatlaş bölar edi», — degan qirol.
Bahrayn qiroli öz mamlakati Falastinni tölaqonli tan oliş va uni Birlaşgan Millatlar taşkilotiga qabul qilişni qöllab-quvvatlaş masalasiga sodiq ekanini tasdiqladi. U şuningdek, Falastin davlatining tuzilişi mintaqaga ijobiy ta’sir körsatişini ta’kidladi, deb yozadi Arab news.
Ötgan haftada BMT Boş Assambleyasi köpçilik ovoz bilan Falastinning BMTning tölaqonli a’zosi böliş masalasini qöllab-quvvatlagan hamda BMT Xavfsizlik Kengaşiga uşbu iltimosnomani qanoatlantirişga çaqirgan edi.
193 a’zo davlatdan iborat Boş Assabmleyaning Falastin taklifini qöllab-quvvatlaş böyiça global ovoz beriş jarayoni böldi va BMT Xavfsizlik Kengaşi buni ma’qullasa Falastin davlatini tan oliş sari katta qadam bölardi. Biroq, ötgan oyda xuddi şu masalaga AQŞ veto qöygan.
Özining sammitdagi çiqişida Saudiya Arabistonining valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud xalqaro tan olingan Falastin davlatini tuzişga çaqirdi. Öz nutqida şahzoda Ğazo sektoridagi humanitar inqirozni yumşatiş yuzasida Saudiya Arabistoni qirolligi amalga oşirayotgan işlarni qayd etib, Saudiya Arabistoni arab dunyosi muammolarini hal qiliş masalalarini töliq qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.
U xalqaro hamjamiyatni Ğazo sektorida öt oçişni bas qiliş, Falastindagi tinç aholiga nisbatan tajovuzni töxtatişga bölgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
Bu 2023 yilning noyabrida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida ötkazilgan navbatdan taşqari sammitdan söng arab yetakçilarining birgalikdagi birinçi yiğilişidir. Öşanda Isroilning Ğazo sektoriga bostirib kirişini blok «varvarlik harakatlari», deya qoralagan edi.









