Rossiya armiyasi Xarkiv viloyatida strategik muvaffaqiyatga erişiş uçun yetarli kuçga ega emas, deydi NATO ittifoqdoş qurolli kuçlarining Yevropadagi boş qömondoni, general Kristofer Kavoli. Rossiya kuçlari «mahalliy muvaffaqiyatlarga erişişga qodir va ular şunday qildilar», biroq ayni paytda «mahalliy yöqotişlarga uçradilar», dedi Kavoli 16 may, payşanba kuni. Qolaversa, Rossiya harbiylarida «mahorat va imkoniyatlar» yetişmaydi», deya qöşimça qildi u.

Şu bilan birga, amerikalik general Ukraina qurolli kuçlarining mudofaa çiziğini uşlab turiş qobiliyatiga işonç bildirdi. Hozirda Ukraina harbiylari «katta miqdorda öq-dorilar, qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlari va zirhli texnikalarni» olmoqda», dedi Kavoli. Uning sözlariga köra, NATO hamkorlari tomonidan Kiyevga taqdim etilgan keyingi harbiy yordam yaqin orada kelib qoladi.

Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumi

10 may kuni Rossiya armiyasi Xarkiv viloyatini öqqa tutişni kuçaytirib, mintaqaga hujum boşladi. Rossiya harbiylari çegaradagi bir qança qişloqlarni bosib olişga muvaffaq böldi. AFP ma’lumotlariga köra, bir hafta içida Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina hududining 278 kvadrat kilometrini egallab olgan. Ukraina mintaqadan tinç aholini evakuatsiya qilmoqda.

16 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkivda oliy boş qömondonlik ştabi yiğilişini ötkazdi. Xarkiv yönalişi «öta murakkabligiça qolmoqda», Ukraina harbiylari esa öz bölinmalarini kuçaytirmoqda, dedi davlat rahbari va butun mintaqadagi vaziyat nazorat ostida qolayotganini ta’kidladi.