DW xabariga köra, hujum 19-oktabr kuni, boğda bolali oilalar dam olayotgan paytda sodir bölgan. Xarkiv viloyati maʼmuriyati rahbari Oleg Sinegubov zarba Shahed turidagi dron bilan berilganini maʼlum qilgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bildirişiça, dron oddiy kafe yaqinidagi boğga kelib urilgan.

Halok bölganlar orasida bir yoşdan endi oşgan Angelina ismli qiz ham bor. Zelenskiyning maʼlumotiga köra, u 2025-yil avgustda tuğilgan. Qizning onasi Inna esa şifoxonada vafot etgan.

Hujumdan söng Zelenskiy hamkor davlatlarni Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuçaytirişga çaqirgan. U tinç aholi hayotini himoya qiliş uçun qöşimça mudofaa vositalari zarurligini taʼkidlagan.

Şuningdek, Ukraina prezidenti AQŞ va Yevropa mamlakatlarini Rossiyaga qarşi sanksiyalarni bekor qilmaslikka, Kiyevni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga hamda Vaşingtonning Moskvaga qarşi yangi sanksiyalarini kuçga kiritişga undagan.

«Biz tinçlik örnatilişi va xavfsizlik kafolatlanişi uçun barça imkoniyatlarni işga solişni söraymiz. Ukraina tinçlikni xohlaydi», - degan Zelenskiy.