Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib oliş, qayta işlaş hajmlarini oşiriş hamda uni transformatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-son qarorida korxonada xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv “Environment, Social and Governance” (ESG) tamoyillarini joriy etiş va reytingini qölga kiritiş topşiriqlari belgilangan.

Mazkur topşiriqning ijrosini ta’minlaş maqsadida korxonada ESG tamoyillarini joriy etiş jarayonlari boşlangan bölib, korxonaning 2022 va 2023 yillar uçun Barqaror rivojlaniş hisobotlari xalqaro miqyosda tan olingan “Global Reporting Initiatives” (GRI) standartlari asosida şakllantirildi.

Joriy yil 6 may sanasida “Navoiyuran” davlat korxonasining navbatdagi kuzatuv kengaşi yiğilişida Barqaror rivojlaniş hisobotining 2022 yil yakunlari böyiça tayyorlangan hisoboti körib çiqildi.

Uşbu hisobotda 20 dan ortiq GRI standartlari asosida yiğilgan ma’lumotlar aks ettirilgan bölib, jumladan, korxonaning atrof-muhitga körsatayotgan ta’sirini ifodalovçi, energiya tizimi samaradorligi, xodimlar bilan munosabatlari, korporativ boşqaruv bilan boğliq axborotlarni, korxona iqtisodiy samaradorlik körsatkiçlarini va şu kabi korxona faoliyatini özida mujassam etuvçi köplab ma’lumotlarni öz içiga oladi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-son qarori bilan “Navoiyuran” davlat korxonasini salohiyatini tölaqonli namoyiş etiş maqsadida ma’lumotlarni rasman e’lon qiliş böyiça çeklovlarni olib taşlaş belgilangan.