Niderlandiyaning yangi hukumati boşpana beriş siyosatini sezilarli darajada kuçaytiriş niyatida. 16 may, payşanba kuni e’lon qilingan koalitsiya kelişuvida vazirlar mahkamasining maqsadi «tarixdagi eng qattiq boşpana rejimini» yaratiş bölişi aytiladi. Gap çegara nazoratini kuçaytiriş va boşpana izlovçilar uçun qat’iy qoidalar haqida bormoqda.

Şu bilan birga, Gert Vildersning öta öngçi «Ozodlik partiyasi» (PVV) boşçiligidagi törtta öng qanot partiya tomonidan tuziladigan yangi koalitsiya Yevropa Ittifoqining immigratsiya qoidalarini çetlab ötişga harakat qilmoqçi. «Yevropa boşpana va muhojirlar siyosatidan çiqiş bandi imkon qadar tezroq Yevropa komissiyasiga taqdim etiladi», — deyiladi hujjatda. 

Talabalar immigratsiyasini qat’iylaştiriş 

Şu bilan birga, yangi hukumat mehnat immigratsiyasini kamaytiriş va xorijlik talabalarni niderland universitetlarida öqişga qabul qilişni murakkablaştiriş niyatida. 

Şu bilan birga, kelişuvda Niderlandiya YeI doirasida «konstruktiv hamkor» bölib qolişi ta’kidlanadi. Bundan taşqari, hujjatda aytilişiça, yangi hukumat Ukrainani «siyosiy, harbiy, moliyaviy va ma’naviy» qöllab-quvvatlaşda davom etadi.

Bir kun avval Vilders tört partiya örtasida hukumat koalitsiyasini tuziş böyiça kelişuvga erişganini e’lon qildi. Koalitsiya tarkibiga PVV’dan taşqari öng markazçi Ozodlik va demokratiya uçun xalq partiyasi (VVD), Fermerlik-fuqarolik harakati va «Yangi ijtimoiy kelişuv» partiyalari kirgan. Ularning yetakçilari uşbu siyosiy kuçlar parlamentdagi fraksiyalari bilan kelişib olişlari kerak böladi. Koalitsiya parlamentdagi 150 örindan 88 tasiga egalik qiladi. Biroq, yangi boş vazir kim bölişi hozirça aniq emas. Vilders bu lavozimga tayinlanmaydi, çunki boşqa partiyalar uning rahbarligidagi öta önglar bilan koalitsiyaga kirişdan boş tortdi.

Niderlandiyada muddatidan oldin saylovlar

2023 yil iyul oyida Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte vazirlar mahkamasi iste’foga çiqişini e’lon qildi, bu esa muddatidan oldin saylovlar ötkazilişiga sabab böldi. Iste’foga Ryuttening mamlakat migratsiya siyosatini qat’iylaştiriş taklifi sabab böldi, uni Niderlandiya hukumati koalitsiyasida iştirok etuvçi tört partiyadan ikkitasi qöllab-quvvatlamadi. 
 
Qirollikda navbatdan taşqari parlament saylovlari 2023 yilning 22 noyabrida bölib ötdi va 150 örindan 37 tasini olgan öng qanot populistlarining ğalabasi bilan yakunlandi. Biroq, Vildersning koalitsiya tuzişga bölgan birinçi urinişi PVV muzokaraçisi iste’fosi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Mart oyida tomonlar yangi vazirlar mahkamasi a’zolarining qariyb yarmini siyosat bilan boğliq bölmagan, biroq ma’lum bir masala böyiça ekspert bölgan kişilar taşkil etişi haqida kelişib oldilar.