Qöqon şahrida voyaga yetmagan bolani maşina yukxonasiga solgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, voyaga yetmagan bolaning onasining murojaatiga asosan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zörlik işlatib, ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilişi ta’minlangan. Gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda Qöqon şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergov haraktlari olib borilmoqda.
Nima bölgandi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatida bola öğrilari aniqlangani töğrisida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.
Unga köra, 14 may kuni Qöqon şahar Obodyurt köçasida yaşovçi voyaga yetmagan bola M.M. uşbu mahallada turar joyga ega bölgan qöşnisi M.A.ga tegişli uyning devor va oynasiga toş otib sindirgan. Buni körgan M.A. bolani qörqitib qöyiş maqsadida öziga tegişli Nexia-2 yukxonasiga solib avtomaşinani harakatlantirgan.
Şu paytda bolaning onasi B.T. köçaga çiqib, maşinani töxtatib, farzandini maşinadan tuşirib olgan hamda örtada özaro janjal kelib çiqqan. Holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylaştirilib, tegişli sud organiga yuborilgandi.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 138-moddasiga köra, birovni zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Agar öşa harakat jismoniy azob berib yoki hayot yoki soğliq uçun xavfli şaroitda saqlagan holda sodir etilgan bölsa, 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.












