Ukraina qöşini Xarkiv oblasti şimolida Rossiya yurişi bilan boğliq vaziyatni «barqarorlaştiriş»ga muvaffaq bölgan — RF qöşini sönggi hafta davomida frontning mazkur uçastkasida kamida ön kilometrga ilgarilagandi. Bu haqda 17 may kuni jurnalistlar bilan muloqotda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Bugungi kun uçun asosiysi — bizning mudofaa kuçlarimiz vaziyatni barqarorlaştirişdi… Bugun mudofaa kuçlarimiz rossiyaliklarni turgan joyida töxtatdi. Ularning eng çuqur kirib kelgan nuqtasi — 10 kilometr. Yönalişda duşmanning ayrim brigadalarida heç qanday ilgarilaş yöq — bungaça ham bölmagandi», — deya prezidentdan iqtibos keltirgan «Ukrainskaya pravda».
Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya qöşini «mudofaaning beton liniyasi»gaça yetib kelmagan va birinçi liniya atrofida bölib turibdi.
Birinçi liniya — çegara emas, u yerda qurib bölmaydi, çunki u yerda işlagan odamlar rossiyaliklar işlatgan qurollardan halok böldi. Ular hozir taxminan öşa yerda. Bu birinçi liniya, bu harbiylarimiz uruşda, töxtovsiz zarbalar ostida qurgan liniya. Birinçi va ikkinçi liniyani harbiylar qurişgan, uçinçisini esa mahalliy hukumat. Bunisi eng kuçlisi — bu ular harbiylardan yaxşiroq ekani uçun emas, şunçaki bu çiziq qurollardan, snaryadlardan, otişmalardan yiroq bölgani uçun.
Rossiya qöşinining asosiy nişoni Vovçansk şahri hisoblanadi, deya qöşimça qilgan prezident.
- Rossiya qöşini 10 may kuni Xarkiv oblastida yuriş boşlagandi. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi 13 may kuni rossiyalik harbiylar Vovçansk uçun janglarda «taktik yutuqlarga egaligi» haqida ma’lum qilgandi. Keyingi kuni Ukraina qurolli kuçlari Vovçansk atrofidagi kuçlarini «nisbatan qulayroq pozitsiyalar»ga ötkazganini ma’lum qildi. Boş ştabning 16 may kungi hisobotida ukrainalik harbiylar Rossiyaning Vovçanskdagi kvartallarga kirib keliş va mustahkamlaniş rejalari yöqqa çiqarilgani ma’lum qilingan.











