Ğazo sektori qirğoğida tinç aholiga gumanitar yordam yetkaziş uçun AQŞ harbiylari tomonidan maxsus qurilgan dengiz bandargohi oçildi. 17 mart, juma kuni u yerga gumanitar yordamning birinçi partiyasi yetib keldi, yuk maşinalariga ortildi va sektorga jönatildi.
AQŞ harbiy prognozlariga köra, kelajakda yetkaziladigan yordam hajmi kuniga 150 ta yuk maşinasigaça oşirilişi mumkin. Şu bilan birga, Amerika hukumati va gumanitar taşkilotlar bu bandargoh Ğazo sektoriga quruqlikdan insonparvarlik yordami yetkazib beriş örnini bosa olmasligiga işonçi komil.
HAMAS Ğazo sektoriga gumanitar yordam yetkaziladigan nazorat punktini öqqa tutdi
May oyi boşida HAMAS taşkiloti Isroil va Ğazo sektori çegarasidagi «Kerem-Şalom» nazorat-ötkaziş punktini öqqa tutgani ma’lum böldi, u orqali mintaqa aholisi uçun gumanitar yordam qabul qilingan. Hujum oqibatida tört nafar isroillik askar halok böldi.
Rafahdagi oğir gumanitar vaziyat
15 may, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Isroilni Ğazo sektori janubidagi Rafah şahridagi operatsiyani «zudlik bilan» töxtatişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, u yerda «halokatli gumanitar vaziyat» vujudga kelgan, Isroil harbiylari uni yanada kuçaytirişi kerak emas. 16 may, payşanba kuni Germaniyaning Süddeutsche Zeitung naşri Isroil taşqi işlar vaziri Israel Katsga yöllangan maktub bilan tanişib çiqqani töğrisida xabar berdi. Unda 13 davlat taşqi işlar vazirlari mamlakatni Rafahdagi keng kölamli hujumdan tiyilişga çaqirgan. Naşrning yozişiça, murojaatni AQŞdan taşqari G7 davlatlarining barça taşqi işlar vazirlari imzolagan.
Misr va Ğazo sektori çegarasida joylaşgan Rafahga hududning boşqa qismlaridagi jangovar harakatlardan qoçgan bir milliondan ortiq aholi kelgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.












