Senatning 52-yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada böliş, şa’ni va qadr-qimmati hurmat qilinişi, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakiliga (ombudsmanga), Bola huquqlari böyiça vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvçi xalqaro taşkilotlarga murojaat qilişga bölgan huquqlari mustahkamlanmoqda.

Şuningdek, oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganligi uçun ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda iştirok etişga bölgan huquqi kafolatlanmoqda. Bunday huquqdan sud hukmi asosida mahrum etiliş holatlari mustasno.
Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar ötkazilişi mumkin emasligi qat’iy belgilanmoqda.

Bundan taşqari, mahkumlarning Ombudsmanga hamda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilişi, murojaat qiliş qutilarining örnatilişi, oçilişi, foydalanişi, şuningdek, murojaatlarni yuboriş tartibi yangi normada öz ifodasini topmoqda.
Muhokama davomida senatorlar Qonun qabul qilinişi natijasida mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada işonçli himoya qilinişiga, jinoyat-ijroiya qonunçiligini xalqaro huquqning prinsiplari va normalari bilan uyğunlaştirişni ta’minlaşga xizmat qilişi alohida ta’kidlandi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.








