Senatning ellik ikkinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga özgartiriş kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Ma’lum qilinişiça, kiritilayotgan özgartirişga köra, soliq töğrisidagi qonunçilikni buziş bilan boğliq javobgarlik yanada liberallaştirilmoqda. Xususan, mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uçun qöllanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilişini nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda.

Jumladan, fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buziş, şuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalaş tartib-qoidalariga oid huquqbuzarliklar birinçi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning ikki foizini taşkil etadi.

Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori yigirma foizni taşkil etişi belgilanmoqda.

Avval tadbirkorlar uşbu qonunbuziliş holati uçun oxirgi hisobot çoragida ega bölgan sof tuşumni jarima şaklida tölaşga majbur bölayotgan edi. Endilikda fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uçun qöllanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.











