Bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bölgan vertolyot Ozarboyjon bilan çegara yaqinida «qattiq qöniş»ni amalga oşirgan, bu haqda Associated Press agentligi Eron davlat televideniyesiga asoslanib xabar tarqatgan.
Qayd etilişiça, qutqaruvçilar poytaxt Tehrondan taxminan 600 km şimoli-ğarbda röy bergan voqea joyiga yetib borişga harakat qilmoqda. Qutqaruv amaliyotini noqulay ob-havo şaroiti qiyinlaştirmoqda — hududda tuman, yomğir va kuçli şamol kuzatilmoqda.
Mamlakat içki işlar vaziri Ahmad Vohidiy ham prezident vertolyoti bilan boğliq hodisa faktini tasdiqlagan va qutqaruv brigadalari hozirça voqea joyiga yetib bora olmaganini bildirgan.
Ayni vaqtda Qizil Yarim oy qutqaruvçilari, harbiy xizmatçilar va politsiyaçilar iştirokida keng kölamli qidiruv amaliyoti ötkazilmoqda.
Vertolyotda Eron prezidentidan taşqari mamlakat taşqi işlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon, Şarqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmati, oyatullohning Şarqiy Ozarboyjon viloyatidagi vakili Muhammad Ali al-Hoşim va boşqa bir neça mulozimlar ham bölgan.
Bortida Eron prezidenti bölgan vertolyotga nima bölgani mavhumligiça qolmoqda. Erondagi turli axborot agentliklarida bir-biriga zid keluvçi xabarlar tarqalmoqda. Ammo bu xabarlar bitta ma’lumotni tasdiqlaydi, unga köra, prezident va uning a’yonlarini Eron şimoli-ğarbidagi çegaradoş hududdan olib qaytayotgan uçta vertolyotdan biri kuçli tuman tufayli qiyinçilikka uçragan.
Hozirça hodisa oqibatida prezident jabrlangan yoki yöqligi ma’lum emas, u va uning hamrohlari bilan hozirça aloqa örnatilmagan.
Raisiy 19 may kuni tongda Ozarboyjonda prezident Ilhom Aliyev bilan uçraşgandi. Davlatlar rahbarlari Araz daryosidagi töğon oçilişi marosimida iştirok etgandi.










