Toşkent şahar IIBB va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxşilaş yuzasidan ötkazilgan tadbirlar davomida uşlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi öqildi.

Jumladan, Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudining 19 aprel kunidagi hukmiga köra, 1972 yilda tuğilgan Umarov Lutfilla Rixsillayeviç Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga nisbatan 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Jinoyat işlari böyiça Olmazor tumani sudining 16 may kunidagi hukmiga köra, 1954 yilda tuğilgan Ibodov Niyoz Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, 1969 yilda tuğilgan Sultanov Baxodir Kasimoviç Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan öta xavfli retsidivist deb topildi.