Toşkent şahrida tovlamaçilik bilan şuğullanib kelgan 14 kişi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular avtoehtiyot qismlar bozorida mijozlarning maşinasiga ruxsatsiz va oldindan kelişmagan holda turli jihozlar örnatib, tovlamaçilik yöli bilan pul undirib kelişgan. 

Uçtepa tumanining Farhod köçasida joylaşgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh taşkil qilgan 14 kişiga sud hukmi öqildi. Bu haqda sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Tergov va sud hujjatlariga köra, jinoiy guruh a’zolari mijozlarning maşinasiga oldindan kelişmagan holda turli jihozlar örnatib, tovlamaçilik yöli bilan pul undirişga urinişgan.

Şunday holatlarning birida ular mijozning maşinasiga uning ruxsatisiz turli jihozlar örnatişgan. Uşbu xizmat bozor narxida 600 dollar bölgan. Biroq sudlanuvçilar mijozdan 13 300 dollarni tovlamaçilik yöli bilan undirgan. E’tiroz bildirgan mijozga qörqitiş yöli bilan tahdid qilişgan.

Yana bir holatda jinoiy guruh a’zolari boşqa bir fuqaroning avtomaşinasiga uning roziligisiz ehtiyot qismlarni örnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilişgan. Aniqlanişiça, ular avtomaşina kalitini fuqarodan olib qöyib, tazyiq ötkaziş orqali 15 mln söm undirişgan.

Bundan taşqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomaşinasini qöşimça ehtiyot qismlar bilan jihozlaş uçun ulardan 70 mln söm miqdorida pul olib, va’da qilingan işni bajarmagan.

JIB Uçtepa tumani sudi hukmi bilan sudlanuvçilar tovlamaçilik jinoyatini sodir qilişda aybli deb topildi. Ularga 3 yildan 6,5 yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazoslari tayinlandi. 

Ayrim sudlanuvçilar (muqaddam sudlangani bois) tayinlangan jazoni qattiq tartibli, ayrimlari esa umumiy tartibdagi jazo koloniyalarida ötaşi belgilandi.