Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida hayotdan köz yumişiga Isroilning aloqasi yöq. Bu haqda 20 may kuni Reuters agentligiga bergan izohida isroillik yuqori martabali mulozim aytdi.
«Bu biz emas edik», dedi ismi sir qolişni istagan amaldor.
Ibrohim Raisiy 19 may oqşomida vertolyotning «favqulodda qönişi» oqibatida halok böldi. Eronning Mehr agentligi ma’lum qilişiça, davlat rahbari «xizmat va Eron xalqi oldidagi burçini bajarayotib, baxtsiz hodisaga uçradi va şahid böldi».
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot Ozarboyjon çegarasi yaqinidagi örmonli toğga qulagan. Qayd etilişiça, falokatga ob-havo ham sabab bölişi mumkin – Eron rasmiylari halokat joyini aniqlaşga uringanida tuman, şamol va kuçli yomğir tösqinlik qilganini ma’lum etgan.









