Niger, Mali va Burkina-Faso hukumatlari Sahel davlatlari ittifoqi konfederatsiyasini tuziş rejasining yakuniy varianti böyiça kelişib oldi. Loyiha Niger poytaxti Niameyda uç davlat taşqi işlar vazirlari tomonidan ma’qullandi, deb xabar berdi AFP 18 may kuni.
Uçraşuv yakunida Niger taşqi işlar vaziri Bakari Yau Sangare yakuniy matn uç davlat harbiy hukumatlari rahbarlarining sammitida qabul qilinişini aytdi. Sangare uni ötkaziş sanasini aniqlaştirmadi. Jurnalistlarga kelişuv mazmuni haqida ham ma’lumot berilmagan.
Niger, Mali va Burkina-Faso Rossiya bilan yaqinlaşmoqda
2024 yil yanvarida Niger Mali va Burkina-Faso bilan birgalikda Ğarbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati - EKOVAS mintaqaviy alyansidan çiqdi, uning asosiy maqsadi turli guruhlarga qarşi kuraş orqali Ğarbiy Afrikada mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş edi.
Şundan söng, uçta Sahel davlati rasmiylari AQŞ va Fransiya bilan harbiy hamkorlikni töxtatayotganini rasman e’lon qildi, şuningdek, öz harbiy xarajatlari endi nazorat qilinmasligini belgilovçi farmon çiqardi. Bunga javoban, EKOVAS Mali va Nigerga uşbu mamlakatlarda demokratik yöl bilan saylangan hukumatlarni ağdargan harbiy töntarişlar uyuştirilgani uçun sanksiyalar kiritdi.
2023 yil sentabr oyida Mali, Burkina-Faso va Niger yetakçilari Sahel davlatlari ittifoqini taşkil etiş töğrisidagi nizomni imzoladi. Unga köra, bir yoki bir neçta iştirokçi davlatlarning suvereniteti yoki hududiy yaxlitligiga tajovuz butun blokka qarşi tajovuz sifatida baholanadi va harbiy aralaşuvni talab qiladi.
Mutaxassislar işonçi komilki, Sahelning asosiy hamkor davlatlar - AQŞ va Fransiya bilan aloqalarini uziş, şuningdek, harbiy xarajatlar ustidan nazoratni bekor qiliş Rossiya bilan harbiy hamkorlik töğrisidagi kelişuvning dastlabki şarti bölgan.








