Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Eron şimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan şaxslarning vafot etgani munosabati bilan uşbu mamlakat oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik bildirdi.
Maktubda, jumladan, Özbekiston va Eron örtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, özaro manfaatli va uzoq muddatli şeriklik munosabatlarini rivojlantirişga ulkan hissa qöşgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolişi ta’kidlanadi.
Davlat rahbari döst Eron xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor etdi.
Baxtsiz hodisa 19 may kuni sodir böldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, şuningdek, mamlakat taşqi işlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va Şarqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-Hoşim Ozarboyjon bilan çegaradagi töğon oçilişidan qaytayotgan edi. Vertolyot Şarqiy Ozarboyjon viloyatining Uzi qişloği yaqinida qulagan.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga köra, vertolyot qulagan hududda tuman tuşgan, şuningdek, u yerda ham yomğir yoğmoqda, bu esa avtomobillar va odamlarning ötişini qiyinlaştirgan loyga sabab bölgan.









