22 may kuni Eron poytaxti Tehron şahrida bölib ötadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolaşuv marosimida Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boşçilik qiladi.
19 may kuni Ibrohim Raisiy Eron şimolida vertolyotdagi texnik nosozlik tufayli yuz bergan halokatda vafot etdi.
Halok bölganlarning dafn marosimlarini taşkil qiliş uçun maxsus qömita tuzilgan. Uning rahbari etib mamlakat vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy tayinlandi.
Bundan taşqari, Eron saylov komissiyasi matbuot kotibi Muhsin Islomiyning aytişiça, yangi davlat rahbari uçun muddatidan oldingi saylov 28 iyunga belgilangan.









