Britaniya Oliy sudi 20 may, duşanba kuni çiqargan qarorga köra, WikiLeaks asosçisi Julian Assanj uni josuslikda ayblagan AQŞga ekstraditsiya etiş qarori ustidan şikoyat qilişi mumkin böladi.

AQŞ sudga Assanj böyiça yetarli kafolatlar taqdim etmadi 

Sud majlislarida Amerika tomoni, agar Assanj AQŞga ekstraditsiya qilinsa, ölim jazosiga hukm qilinmasligi, söz erkinligi buzilmasligi va uning işi böyiça sud jarayoni adolatli ötişiga kafolat berdi. Amerika Qöşma Ştatlari fuqarosi bölmagan Assanjning advokatlari bu kafolatlar faqat prezident ma’muriyati vakili bölgan AQŞ ijroiya hokimiyati tomonidan taqdim etilişiga, sud hokimiyati esa Oq uydan mustaqil ravişda harakat qilişi va uning tavsiyalarini e’tiborsiz qoldirişi mumkinligiga e’tiroz bildirgan. 

Natijada, Britaniya Oliy sudi sudyalari Viktoriya Şarp va Jyeremi Jonson Amerika tomoni taqdim etgan kafolatlar yetarli emas, deb qaror qildi va Assanjga ekstraditsiya haqidagi avvalgi qarorga qarşi çiqişga ruxsat berdi. 

Julian Assanj ustidan 2024 yil martida bölib ötgan avvalgi sud jarayonida Britaniya sudi WikiLeaks asosçisining AQŞga ekstraditsiya qilinişini apellyatsiya körib çiqilgunga qadar keçiktirişga rozi bölgan edi. Sud Assanjni Vaşingtondan AQŞga jönatilganidan keyin unga nisbatan bir qança kafolatlar taqdim etilgan taqdirdagina qarorini qayta körib çiqişga tayyor edi. 

Assanjning rafiqasi Baydenni eriga qarşi ayblovlarni olib taşlaşga çaqirdi

Suddan söng Julian Assanjning rafiqasi Stella AQŞ prezidenti Jo Baydenga murojaat qilib, WikiLeaks asosçisiga qöyilgan ayblovlarni olib taşlaşga çaqirdi. «Oila sifatida biz yengil tortdik, ammo bu qaçongaça davom etişi mumkin? Ayblovlarni olib taşlang, hozir buni qilişning eng yaxşi vaqti», dedi u.

Julian Assanj nima uçun sudlanmoqda?

52 yoşli Julian Assanj AQŞ rasmiylari tomonidan 2010 yilda hukumat kompyuter tarmoqlarini buziş va maxfiy mudofaa ma’lumotlari manbalari nomlarini noqonuniy e’lon qiliş maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Gap, xususan, AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy amaliyotlari haqidagi maxfiy materiallarning öğirlanişi va naşr etilişi haqida ketmoqda. 

Amerika prokurorlari uni öğrilik va ma’lumotlarni oşkor qiliş aybi bilan sudga tortmoqçi hamda Assanjni AQŞga ekstraditsiya qilişni talab etmoqda. Prokuror Kler Dobbinga köra, WikiLeaks asosçisi siyosiy mavqeyi uçun emas, balki köplab insonlar hayotini xavf ostiga qöygan qilmişi uçun sudlanmoqda. Ilgari Assanjning himoyasi uni jinoiy javobgarlikka tortiş istagi siyosiy sabablarga ega ekanligini ta’kidlagan edi.