Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantiriş hamda qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 3 yulduzliga aylantiriladigan mehmonxonalarga subsidiya beriş tartibi belgilanmoqda.
Subsidiya Qoraqalpoğiston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega bölmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalarga beriladi.
Subsidiya miqdori – har bir xona uçun 20 mln söm. Subsidiyani oliş uçun davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali murojaat etiş lozim. Subsidiyani tölab beriş töğrisida qaror qabul qilingan kundan 10 iş kuni içida mablağlar tadbirkorlik sub’yektining hisob raqamiga ötkazib beriladi.
Subsidiyani olgan tadbirkorlik sub’yekti mehmonxona xizmatini körsatişi hamda yulduzli toifani kamida 5 yil mobaynida saqlab turişi kerak. Aks holda, tadbirkorlik sub’yekti olgan subsidiya mablağlarini qaytarişga majbur (qaytariladigan mablağlar miqdori faoliyatni davomiyligidan kelib çiqib aniqlanadi).







