Toşkent şahri IIBB va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxşilaş yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida uşlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi öqildi.
Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudining 15 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tuğilgan Muxamedjanov Azlarxon Botiroviç Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, hayot yoki soğliq uçun xavfli bölmagan zöravonlik qöllaş yoki şunday zöravonlik qöllaş tahdidi bilan sodir etilgan talonçilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga köra, 1993 yilda tuğilgan Xolmuradov Sunnatulla Çariyeviç Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (bezorilik niyatida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “ye” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudining 8 may kunidagi hukmiga köra, 1993 yilda tuğilgan Örinov Umidjon Baxtiyor öğli Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bir guruh şaxslar tomonidan sovuq qurol yoki kişining soğliği uçun amalda şikast yetkazişi mumkin bölgan narsalarni (qurol sifatida) namoyiş qilib, ularni qöllaş bilan qörqitib yoxud qöllab sodir etilgan bezorilik) 2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi (bir guruh şaxslar tomonidan takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan oldindan til biriktirib çet elga noqonuniy çiqiş yoki Özbekistonga noqonuniy kiriş) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, 6 yil 11 bir oy 28 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.









