"Dunyo" xabariga köra, muloqot çoğida Britaniyadan sayyohlarni Özbekistonga keng jalb etiş va 2024 yilda ular uçun mamlakatni jozibador yönaliş sifatida taniştiriş masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga mamlakat tarixiy şaharlarining turizm salohiyati, sönggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, içki transport infratuzilmasi, ovqatlaniş maskanlari hamda xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarining islomiy me’morçilik, buddizm, etno va toğ turizmi salohiyatiga bağişlangan videomateriallar namoyiş qilindi.
Muzokaralar natijasida, Explore Worldwide bilan hamkorlikda Britaniyada Özbekiston turizm salohiyatini keng tarğib qiliş, vebinarlar ötkaziş, şuningdek, joriy yil davomida 1000 dan ziyod sayyohlarni mamlakatga yuboriş böyiça kelişuvga erişildi.








