Buyuk Britaniyada sönggi ön yil içida yettinçi boş vazir hokimiyatga keldi. Endi Byornem taşqi siyosatda izçillikni saqlaş tarafdori, içki siyosatda esa mamlakat hududlarining mustaqilligini oşiriş, şimol va janub örtasidagi tengsizlikni yumşatiş va Nayjyel Faraj boşçiligidagi öta öng siyosiy kuçlar ta’siriga qarşi turişni maqsad qilgan.
Bu haqda “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Umrbek Yusupov söz yuritişdi.
Kamoliddin Rabbimov: Angliya siyosiy tizimi parlamentar modelga asoslangan. Bu tizimda asosiy hokimiyat parlament qölida böladi. Har beş yilda parlament saylovlari ötkaziladi va konstitutsiyaviy an’anaga köra monarx, hozirgi qirol Çarlz III davlat boşliği sifatida faqat ramziy rol bajaradi, siyosiy boşqaruvga aralaşmaydi.
Saylovda köpçilik örinni qölga kiritgan partiya hukumatni şakllantiradi. Ya’ni öşa partiya yetakçisi boş vazirga aylanadi va Vazirlar Mahkamasini tuzadi. Şu bilan birga, partiya içki demokratiyasi ham muhim rol öynaydi. Boş vazir beş yillik muddat davomida bir neça bor özgarişi mumkin, çunki hukmron partiya içida yetakçilik uçun raqobat doimiy davom etadi.
Masalan, Kir Starmer sönggi ikki yil davomida boş vazir sifatida faoliyat yuritdi. Biroq may oyida ötkazilgan mahalliy saylovlarda Leyboristlar partiyasi jiddiy mağlubiyatga uçradi. Bu natijalar fonida Nayjl Faraj yetakçiligidagi öng partiya sezilarli darajada kuçaydi va siyosiy muvozanatga ta’sir körsatdi. Şuning uçun Leyboristlar partiyasi içida yangi yetakçilar öz dasturlarini taklif qilmoqda. Ular mamlakatda işonç pasayayotganini ta’kidlab, yangi siyosiy yönalişlar böyiça aniq rejalar ilgari surmoqda. Partiya vakillari jamoatçilik fikri va sörovlar asosida özlaridan bölgan qaysi siyosatçi va ğoyalar köproq qöllab-quvvatlaş olayotganini örganadi va partiya içkarisida siyosiy kursni özgartiriş imkoniga ega.
Endi Byornem markazlaşgan boşqaruvni qayta körib çiqişni taklif qilmoqda. Uning fikriça, hokimiyat haddan taşqari markazlaşib ketgan va vakolatlarning bir qismini hududlarga, mahalliy boşqaruv organlariga beriş kerak. Hozirça bu borada konseptual yondaşuv işlab çiqilmoqda.
Leyboristlar partiyasi ijtimoiy tenglik va himoya ğoyalarini ilgari suradi. Jumladan, yaqinda uysiz fuqarolar muammosini hal qiliş böyiça taşabbuslar kötarildi. Unga köra, pandemiya davrida bu masalada muayyan natijalarga erişilgan bölsa, hozir ham şunday çoralarni amalga oşiriş mumkin. Umuman olganda, Angliyadagi parlamentar tizim partiya içki mexanizmlari orqali siyosatni moslaşuvçan tarzda özgartiriş imkonini beradi.











