Toşkent şahri IIBB va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxşilaş yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda uşlangan bir guruh şaxslarga nisbatan sud hukmi öqildi. 

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga köra, 1987 yilda tuğilgan Sabirdjanov Xasan Abdusamatoviç Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga köra, 1987 yilda tuğilgan Sabirdjanov Xusan Abdusamatoviç Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudining 3 may kunidagi hukmiga köra, 1977 yilda tuğilgan Urazov Marat Pulatoviç Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilgan. Yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangani inobatga olinib, iş haqining 25 foizi davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 1 yil 9 oy 27 kun muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.