Bu borada Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament va içki işlar organlari bilan hamkorlikda bir neçta tezkor tadbirlar ötkazildi.

Jumladan, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida joylaşgan sayyohlik firmasining 2 nafar xodimi mahalliy fuqaro işonçiga kirib, uning ota-onasini Saudiya Arabistoniga Haj safariga borişlari uçun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab beriş va ularni ziyoratga yuboriş evaziga 18 ming AQŞ dollari talab qilişib, 4500 AQŞ dollari olgan vaqtlarida uşlandi.

Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi sayyohlik firmasi rahbari Yaşnobod tumanida yaşovçi fuqaroni Haj-2024 mavsumida Saudiya podşohligiga muborak safarga yuboriş evaziga 9500 AQŞ dollari talab qilib, 5700 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs ham Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaroni sayyohlik firmasi orqali Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilib, 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Farğona şahridagi sayyohlik firmasi iş yurituvçisi esa Toşloq tumanida yaşovçi fuqaroni va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini 30 ming AQŞ dollari evaziga «Haj» ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 15 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Farğona viloyatining Yozyovon tumanida yaşovçi şaxs ham Quva tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni va uning ota-onasini Haj amallarini bajarişlari uçun sayyohlik firmasi orqali Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 16 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi ««Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida mamlakat fuqarolari uçun Haj tadbiri Din işlari böyiça qömitasi va Saudiya Arabistoni podşohligining Haj va umra vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşiriladi hamda bunday faoliyat bilan boşqa taşkilotlarning şuğullanişiga yöl qöyilmaydi, deb belgilab qöyilgan. 

Şuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, çet el fuqarolari uçun Haj ziyoratini ado etişning asosiy şarti – «haj» vizasiga ega böliş hisoblanadi. Qolgan barça turdagi vizalar – «umra», «turizm», «biznes» va boşqalar bilan Haj ziyoratiga boriş taqiqlanadi.