Eron prezidenti ma’muriyatining rahbari Ğulom-Husayn Ismoiliy prezident Ibrohim Raisiy va boşqa mulozimlarning vafotiga sabab bölgan vertolyot halokati böyiça ayrim tafsilotlarni sözlab berdi.
Ismoiliy yakşanba kuni Eron delegatsiyasini olib Ozarboyjondan qaytayotgan uçta vertolyotdan birida bölgan.
Uning sözlariga köra, uçta vertolyot Ozarboyjondan mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida havoga kötarilgan, bu vaqtda parvoz boşlangan joyda ob-havo şaroiti yaxşi bölgan.
Şuningdek, u vertolyot halokatga uçragan toğli hudud – Varzağon tumanidagi ob-havo şaroiti ham parvoz boşlanişida “juda yaxşi” bölganini aytdi.
“Havoga kötarilganimizdan 45 daqiqa ötib, prezident Raisiyning vertolyoti uçuvçisi – kolonna rahbari – boşqa vertolyotlarga yaqindagi bulutdan saqlaniş uçun balandlikni oşiriş buyruğini berdi. Lekin boşqa ikkita vertolyot orasida uçib ketayotgan prezident vertolyoti tösatdan yöqolib qoldi”, – deya prezident ma’muriyati rahbarining Eron televideniyesidagi sözlarini keltirmoqda IRNA davlat axborot agentligi.
Ğulom-Husayn Ismoiliyning sözlariga köra, u uçayotgan vertolyot uçuvçisi bulutlar orasidan kötarilişni boşlaganidan taxminan 30 soniya ötib örtadagi vertolyot yöqolib qolganini payqaganini aytgan. Şundan keyin uçuvçi atrofni aylanib uçib, prezident vertolyotini qidira boşlagan.
Ismoiliyga köra, qidiruv vaqtida prezident vertolyoti bilan radioaloqa vositalari orqali bir neça marta boğlanişga harakat qilişgan, keyin yaqin atrofdagi mis koni yaqinida qönişgan. Qönişda ularga bulutlar xalal bergan.
Bu jarayonda prezident bilan bitta vertolyotda bölgan Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va prezidentni qöriqlaş bölinmasi rahbari takror-takror qilingan telefon qönğiroqlariga javob bermagan.
Şu bilan birga, ikkita vertolyotning uçuvçilari prezident vertolyotining uçuvçisiga qönğiroq qilganida, uçuvçining telefonini Tabriz viloyati imomi oyatulloh Muhammad Ali Alihoşim kötargan va vertolyot vodiyga qulab tuşgani, özi juda oğir ahvolda ekanini aytgan.
Halokatga uçragan vertolyot topilganida, prezident, taşqi işlar vaziri va boşqalarning jasadlari holatidan ular bir ondayoq jon bergani ayon bölgan.
Göşakni kötargan imom esa halokatdan keyin kamida 3 soat davomida hayot bölib, jon berguniga qadar köp marta rasmiylar bilan gaplaşa olgan.









