Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, joriy yilning 17 may kuni AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan 76 nafar investor bilan vidiokonferensiya hamda 20–21 may kunlari 40 nafar yirik investor bilan yakkama-yakka formatda uçraşuvlar bölib ötgan.

21 may kuni buyurtmalar qabul qilinişi e’lon qilingaç, kun davomida Özbekiston suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib oliş uçun jami 5,5 mlrd dollar miqdoridagi buyurtmalar kelib tuşgan, jumladan:

  • AQŞ dollaridagi (7 yillik) obligatsiyalarga — 3 mlrd dollar;
  • yevrodagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 2 mlrd yevro;
  • sömdagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 4 trln söm.

Qabul qilib olingan buyurtmalar asosida quyidagi miqdordagi obligatsiyalar joylaştirilgan:

  • 600 mln dollarlik 7 yillik obligatsiyalar böyiça kupon stavkasi 6,9 foiz;
  • 600 mln yevrolik 3 yillik obligatsiyalar böyiça 5,375 foiz;
  • 3 trln sömlik 3 yillik obligatsiyalar böyiça 16,625 foiz;

“Qayd etiş lozimki, yevrodagi suveren xalqaro obligatsiyalar Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini (BRM) moliyalaştiriş uçun işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasi BRM obligatsiyalari dasturi doirasida çiqarildi. Mazkur dastur “Mablağlarni taqsimlaş” va “Loyihalarning Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga ta’siri” böyiça hisobotlarini tayyorlaş va e’lon qilişni ham közda tutadi. Mazkur xalqaro obligatsiyalardan tuşgan mablağlar davlat budjeti taqçilligini qoplaş va Barqaror rivojlaniş maqsadlarini moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi”, deyiladi IMV xabarida.