Departamentning Bağdod tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Ş.P.” fermer xöjaligi mas’ul şaxslari dala maydoniga örnatilgan elektr energiyasini hisobga oliş uskunasining körsatkiçlarini özgartiriş maqsadida unga taşqaridan aralaşib, suv nasosi orqali 963,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 867,2 mln söm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Şu kabi departamentning Özbekiston tuman bölimi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida fuqaro S.M. davlat röyxatidan ötmasdan ohak işlab çiqariş sexi taşkil etib, qölbola yondirgiçlarni tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 289,1 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Baliqçi tuman bölimi tomonidan “Özenergoinspeksiya” viloyat boşqarmasi va “Hududgaz Andijon” GTF xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tekşiruvda YaTT A.Yu. “Şör” MFY hududida joylaşgan işlab çiqariş sexini umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 236,5 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Buvayda tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa “B.B.” MÇJ iş boşqaruvçisi M.X. MÇJ klinikasiga örnatilgan elektr energiyasini hisobga oliş uskunasiga taşqi ta’sir ötkazib, jami 83,3 mln sömlik mulkini talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.