Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Özbekistonga qatnovlarni yölga qöyadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Madrid şahri Toşkent va Urganç bilan charter reyslar orqali boğlanadi. Madrid-Toşkent yönalişi böyiça birinçi yölovçi reysi 2024 yil 23 mayga belgilangan.
«Toşkent – Madrid – Toşkent» va «Urganç - Madrid - Urganç» yönalişi böyiça parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oşiriladi.
Charter reyslar iyun oyi oxirigaça davom etadi va 2024 yilning sentabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.
World2Fly — 2020 yilda taşkil etilgan va ştab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylaşgan aviakompaniya.













