«Qonun orqali demokratiya uçun» Yevropa komissiyasi (Yevropa kengaşining Venetsiya komissiyasi) Gurjiston hukumatiga «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonunni qabul qilişdan voz keçişni «qattiq tavsiya qildi». Bu haqda komissiyaning 21 may, seşanba kuni çop etilgan xulosasida aytiladi. 

Qonunning hozirgi körinişidagi «asosiy kamçiliklari» uyuşmalar va söz erkinligi, şaxsiy daxlsizlik huquqi, jamoat işlarida iştirok etiş huquqi uçun «katta salbiy oqibatlarga olib keladi», deyiladi komissiya xulosasida. 

«Göyoki oçiqlikni ta’minlaşga qaratilgan qonun xorijdan öz mablağlarining ozgina qismini ham oladigan uyuşmalar va ommaviy axborot vositalarini qoralaş, ovozini öçiriş va oxir-oqibat tugatiş xavfiga olib keladi», deb ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqi komissiyasi. Ekspertlarning fikriça, Gurjiston hukumatini tanqid qiluvçi uyuşmalar va ommaviy axborot vositalari zarar köradi, bu esa mamlakatdagi plyuralizm va demokratiyaga salbiy ta’sir qiladi. 

Hujjatda ta’kidlanişiça, Gurjistonning amaldagi qonunçiligida taşkilotlarni röyxatdan ötkaziş va hisobot berişni, şu jumladan moliyalaştiriş manbalari töğrisida hisobotga majburlovçi qoidalar mavjud. Gurjiston qonun çiqaruvçilari «mavjud majburiyatlar şaffoflikni ta’minlaş uçun nima uçun yetarli emasligini işonçli tuşuntira olmadi», deya ma’lum qildi Venetsiya komissiyasi. 

Gurjiston parlamenti «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi

14 may kuni Gurjiston parlamenti «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi. Yangi qoidaga köra, moliyasining 20 foizdan köproğini xorijdan oladigan nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari «çet el agenti» sifatida röyxatdan ötişlari şart. Tanqidçilar fikriça, Rossiyaning xuddi şunday qonunidan köçirilgan qonunga qarşi namoyişlar aprel oyida hukmron «Gurjiston orzusi» uni parlamentga qayta kiritganidan söng boşlangan. Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili 18 may kuni qonunga veto qöygan, biroq «Gurjiston orzusi» partiyasi parlamentdagi köpçilik ovoz bilan uni çetlab ötişi mumkin.

2023 yil dekabr oyida Gurjiston Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomini oldi. «Çet el agentlari» haqidagi qonun loyihasi Bryusselda bir neça bor tanqid qilingan. Boşqalar qatorida Qöşma Ştatlar ham Gurjistonni yönalişini özgartirişga çaqirdi. Yevroparlament yangi qonun Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga yölini yopib qöyişi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Öz navbatida, Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per, agar bahsli qonun qabul qilinsa, Vaşington Gurjiston bilan munosabatlarini tubdan qayta körib çiqişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.