Prezidentning “Öq otiş sport turini yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan:

  • öq otiş sport turlarini rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilaş;
  • fuqaroviy va sport qurollari muomalasi, xavfsizligi hamda ularga qonuniy egalik qiliş böyiça pulli asosda öquv kurslarini taşkil etiş;
  • hududlardagi markaziy istirohat boğlarida sport va köngiloçar öq otiş maydonlarini taşkil etiş;
  • 2025-2026 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Öq otiş va stenddan otiş” bakalavriat ta’lim yönalişini oçiş;
  • Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining tegişli sport bazalari öq otiş sport turlari böyiça amaliy maşğulotlarni ötkaziş uçun asosiy baza sifatida biriktiriş közda tutilgan.

Öq otiş sport turlari böyiça yuqori mahoratli sportçilar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş maqsadida:

  • 2024-2025 öquv yilidan boşlab umumta’lim maktablarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öquv dasturlari doirasida “Öqotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy maşğulotlari kiritiş;
  • öqotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari böyiça amaliy maşğulotlar ötkazilişida umumta’lim maktablariga özlari biriktirilgan harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning doimiy joylaşuv joyidagi öquv-moddiy bazasidan foydalanişlariga ruxsat etiş;
  • 2026 yildan boşlab har yili an’anaviy tarzda “Markaziy Osiyo oçiq çempionati”, harbiylaştirilgan va huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar xodimlari örtasida öq otiş sport turlari böyiça “Mergan” kubogini hamda “Özbekiston çempionati” musobaqalarini ötkazib boriş közda tutilmoqda.