Ta’kidlanişiça, Çimyon mahallasida 3 ming gektar maydonda malina, qorağat, qulupnay, örmon yonğoği kabi mevalarni yetiştiriş yölga qöyilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 60 million dollardan ortiq. Bu mablağ evaziga boğlar taşkil etiladi, mevani qayta işlaş korxonalari hamda katta siğimli omborxonalar quriladi.

Qayd qilinişiça, 50 gektar maydonda malina va qulupnayning xorijiy eksportbop navlari ekilgan. Boğ töliq tomçilatib suğoriladi. Malinaning har gektaridan 400 million söm, qulupnaydan esa 500 million sömgaça daromad olinadi.

Loyiha töliq amalga oşirilgandan söng, yiliga 24 ming tonnaga yaqin mahsulot yetiştiriladi. Uning salmoqli qismi – örmon yonğoği va rezavorlar eksportga yönaltiriladi, 12 mingdan ziyod kişi işli böladi.

Davlat rahbari loyihani qöllab-quvvatlab, endi qayta işlaşni rivojlantiriş kerakligini ta’kidladi. Buning uçun navni tanlaşdan tortib, işlov beriş, mevalarni teriş va saralaş jarayonlarigaça zamonaviy yondaşuv talab etiladi.

Prezident boşqa adir va yaylovlar imkoniyatini ham örganib, şunday serdaromad boğlar taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.

– Bu boğda yerga mehr, sidqidildan qilingan mehnat körinib turibdi. Natijasi, avvalo, daromad, xalqimizga manfaat. Bu jihatlari boşqa an’anaviy ekinlarga nisbatan bir neça barobar yuqori. Şuning uçun bunday mahsulotlar yetiştirişni köproq odamlarga örgatib, daromadini köpaytiriş kerak, dedi Şavkat Mirziyoyev.