Samarqand viloyatidagi 5 gektarlik hududda YuNeSKO 80 yilligiga bağişlab boğ barpo etiladi. Loyiha «Merosga tayanib, kelajak sari» şiori ostida amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.
31 oktabr kuni Samarqanddagi «Boqiy şahar» majmuasi hududida 1,2 gektar maydonda 564 tup daraxt va buta ekildi. Tadbirda Buyuk Britaniyaning YuNeSKO elçisi va doimiy vakili Anna Nsubuga, Burkina-Fasoning YuNeSKO doimiy vakili Flaviyen Neziyen, Özbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Ekologiya vaziri birinçi örinbosari Obidjon Qudratov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Örmon agenligi direktori Erkin Muhitdinov, «Yaşil loyiha» loyihalaş instituti direktori Olim Hakimov, xalqaro delegatsiya vakillari iştirok etdi.

Boğda qayrağoç, katalpa, yapon saforasi, eman, şarqiy çinor, ot kaştani, lola daraxti, forzitsiya, lavanda, şuningdek akatsiya, tol, xurmo va olma daraxtlari ötqazildi.
Qayd qilinişiça, boğ ekologik innovatsiyalar markaziga aylanadi. Bu yerda suv sarfini kamaytiruvçi tomçilatib suğoriş tizimlari, energiya tejovçi quyoş panellari va nasoslar, yomğir suvini yiğib, qayta foydalaniş tizimlari, çiqindilarni kompost qiliş va tuproqni boyitiş joylari, mahalliy tabiiy materiallardan yasalgan yölaklar va örindiqlar qöyiladi.
Rejaga köra, boğ YuNeSKO 80 yilligiga bağişlangani uçun ramziy ma’noda 80 mingta daraxt va buta ekiladi.













