Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, Navoiy va Xorazm viloyatlarida pul evaziga haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölgan şaxslar uşlangan.

Jumladan, departamentning Navoiy viloyat boşqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” taşkiloti Navoiy öquv sport texnika klubi örgatuvçi ustasi B.M. fuqaro S.Ş.ga “B”, “C.” toifasidagi haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 8 mln sömni olgan vaqtida uşlangan.

Departamentning Taxtaköpir tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. fuqaro Yu.E.ning işonçiga kirib, unga göyoki YHXBda işlovçi tanişlari orqali haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 600 dollar olgan vaqtida uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.