«Özbekneftgaz» kompaniyasi Kaspiy dengizining Ozarboyjon şelfidagi «Şohdengiz» gaz kondensati loyihasiga kirişi mumkin.

Bu haqda seşanba kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Gubada bölib ötgan Ozarboyjon-Özbekiston mintaqalararo II forumi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Biz SOCAR kompaniyasini taklif qilamiz va u bilan Özbekistondagi neft va gaz qazib oliş loyihalarida iştirok etişi haqida gaplaşamiz. Ozarboyjonda mavjud «Şohdengiz» loyihasida uluş asosida iştirok etiş muzokaralar mavzusidir», - deya tuşuntirdi u. 

Qudratov yaqin oylarda «Özbekneftgaz»ning «Şohdengiz»ga kirişi böyiça hujjatlar imzolanişiga umid bildirdi. 

«Bizning uşbu loyihadagi iştirokimiz çet ellik maslahatçi iştirokida jiddiy moliyaviy va huquqiy ekspertiza talab qiladi», dedi u. 

«Şohdengiz» loyihasi 1996 yildan beri amalga oşirib kelinmoqda. 2013 yilda «Şohdengiz» konini özlaştiriş böyiça kelişuv 2046 yilgaça uzaytirildi. 

Hozirgi vaqtda loyiha iştirokçilari bp (işlab çiqariş operatori - 29,99 foiz), Lukoil (19,99 foiz), TPAO (19 foiz), NİKO (10 foiz), SGC Upstream (Ozarboyjon manfaatlarini ifodalaydi, 21,02 foiz) hisoblanadi.

«Şohdengiz»ning zaxiralari 1,2 trillion kub metr gaz atrofida baholangan, hozirgaça uşbu manbaning 20 foizga yaqini qazib olindi.