FIFA qarori bilan futzal böyiça bu yilgi jahon çempionati sentabr-oktyabr oylarida Özbekistonda ötkaziladi. Unda dunyoning eng kuçli 24 jamoasi qatnaşadi. Iştirokçi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelişi kutilmoqda. Mutasaddilar bu borada körilayotgan tayyorgarlik işlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan prezidentga axborot berdi. Çempionatni yuqori saviyada ötkaziş uçun boş vazir rahbarligida taşkiliy qömita tuzilişi belgilandi.
Toşkentda Olimpiya şaharçasi barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoşlar örtasida yozgi Osiyo öyinlari ötkaziladi. Keyinçalik, undan samarali foydalaniş maqsadida Olimpiya şaharçasida Özbekiston davlat sport akademiyasi taşkil qilinişi közda tutilgan. Uşbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oşiriş instituti ham ötkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, Özbekiston tarixi va xorijiy tillarni öqitiş markazi oçiladi.

2025/2026 öquv yilidan boşlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yönalişi va 6 ta magistratura mutaxassisligi böyiça qabul boşlanadi. Bitiruvçi talabalarga töğridan-töğri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvçilar töğridan-töğri ikkinçi kursga qabul qilinadi.
Şundan kelib çiqib, mutasaddilarga kafedralar va öquv dasturlarini ilğor xorijiy tajribasi asosida taşkil etiş, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.
Sport ta’limidagi yana bir yangilik Kuraş mahorat maktabi böladi. Dunyoda u bilan 30 million, Özbekistonda 30 ming kişi professional şuğullanmoqda. Har bir viloyat markazida Kuraş mahorat maktabi taşkil etilişi rejalaştirilgan. Mahorat maktabida 140 nafar öquvçi böladi, ular 5-11-sinf öquvçilari orasidan tanlab olinadi.
Taqdimotda Parij olimpiadasiga körilayotgan tayyorgarlik böyiça ham hisobot berilgan.








