21 may kuni UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti avtomobili uçun 3200 dona şartnoma tuzilganini e’lon qildi. Statistika agentligiga köra, 2024 yilning dastlabki 4 oyi davomida 10 954 dona Lacetti işlab çiqarilgan.

Avvalroq, kompaniya 2024 yildan bu rusumidagi avtomobil işlab çiqarişni butunlay töxtatişini ma’lum qilgan, buni General Motors kompaniyasining global savdo siyosati bilan boğlagandi.

“Özavtosanoat” axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Lacetti uçun kerak böladigan ehtiyot qismlari hali ham mavjud. Bu esa işlab çiqarişni davom ettirişga imkoniyat beryapti.

“Lacetti işlab çiqariş taxminan qaçongaça davom etişini aniq ayta olmayman. Bu birdaniga töxtamaydi. Yaqin 7 kun içida xaridorlarga yana şartnoma beriliş-berilmasligi oydinlaşadi”, – dedi kompaniya axborot xizmati rasmiysi.

Ma’lumot uçun, UzAuto Motors Lacetti işlab çiqarişni 2003 yildan boşlagan. 2008 yildan bu modelni seriyali yiğiş yölga qöyilgan. 2013 yilda esa Lacetti-2 (hozirgi Gentra) işlab çiqarilişi boşlangan, bir yil ötib birinçi avlod Lacetti konveyerdan olingan.