Tayvanning yangi prezidenti Lay Tsinde lavozimga kirişganidan bir neça kun ötgaç, Xitoy özi bölginçi provinsiya deb hisoblagan orolga yaqin joyda harbiy maşğulotlar ötkaza boşladi. Bu haqda 23 may, payşanba kuni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi (XXOA) Şarqiy qömondonligi ma’lum qildi. Ilgari XXR rasmiylari Tayvan oroli «Xitoy hududining ajralmas qismi, Tayvan işi esa Xitoy içki işi» ekanligini ta’kidlagan edi.

Xabarda aniqlik kiritilişiça, 23 may kuni ertalab boşlangan manyovrlarda Xitoy quruqlikdagi kuçlari, dengiz floti, havo kuçlari va raketa kuçlari iştirok etmoqda. Maşğulotlar Tayvan böğozida, Tayvan qirğoqlarining şimoli, janubi va şarqida, şuningdek, Tayvan nazoratidagi Tszinmen, Matszu, Utsyuyuy i Dunin orollari atrofidagi hududlarda bölib ötadi hamda 24 may kuni keçqurungaça davom etadi.

«Bu Tayvan mustaqilligi tarafdorlarining separatistik harakatlari uçun qattiq jazo hamda taşqi kuçlar aralaşuvi va provokatsiyalari böyiça qattiq ogohlantirişdir», — deya XXR Şarqiy qömondonligi rasmiy vakili bayonotidan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. Maşqlar «dengiz va havo kuçlarining jangovar tayyorgarligini birgalikda sinovdan ötkaziş va asosiy nişonlarga zarba berişni örganişga qaratilgan», - deya aniqlik kiritdi XXOA. 

Lay Tsinde Xitoyni tahdidlarni töxtatişga çaqirmoqda 

20 may kuni Taybeyda yanvar oyi örtalarida bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozongan Tayvanning yangi prezidenti Lay Tsinde inauguratsiyasi bölib ötdi. Tayvan Demokratik taraqqiyot partiyasining yangi rahbari öz nutqida Xitoyni tahdid solişni bas qilişga va mustaqillikni saqlab qoliş uçun «Tayvan xalqi tanlovini hurmat qilişga» çaqirdi. U, şuningdek, «Xitoy bilan tinç muloqotga intilişini» va ikki tomonlama munosabatlarni tiklaşini aytdi hamda «Xitoy Respublikasidagi Tayvanning kelajagi uning 23 million aholisi tomonidan belgilanişini» ta’kidladi. 

Pekin Lay Tsindeni qat’iy separatist deb biladi va uning saylanişini «uruş e’lon qiliş» sifatida köradi. Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Layning nutqini «şarmandali» deb atadi va «Tayvanning mustaqillikka erişişga bölgan barça urinişlari boşi berk köçaga olib keladi», dedi. 

Xitoy AQŞning bir qator mudofaa konsernlariga qarşi sanksiyalar kiritdi 

20 may kuni Xitoy Tayvanning yangi prezidenti Lay Tsinde inauguratsiyasi arafasida AQŞ yana uçta mudofaa konserniga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. «Işonçsiz korxonalar» röyxatiga Boeing mudofaa va kosmik bölinmalari, şuningdek, General Atomics Aeronautical Systems hamda General Dynamics Land Systems kiradi, deya xabar beradi Xitoy Savdo vazirligi. Bu kompaniyalarga Xitoyga yangi sarmoya yönaltiriş, ularning rahbarlariga esa Xitoyga kiriş taqiqlangan.