Farğona viloyati Buvayda tumanida traktor poyezd bilan töqnaşgan. IIV axborot xizmatining xabar berişiça, traktor boşqaruvida maktab öquvçisi bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Buvayda tumanidagi maktablardan birining 9-sinf öquvçisi traktor boşqarib, poyezd yöliga çiqib ketgan.
Oqibatda traktor poyezd bilan töqnaşgan va uni boşqarayotgan öquvçi halok bölgan.
Qayd etilişiça, öquvçi ta’lim olgan maktabda holat yuzasidan ota-onalar iştirokida muhokama majlisi ötkazilgan. Unda YPX xodimlari yoş bolalarning transport vositalarini boşqarişi oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligini ta’kidlagan.
Şuningdek, poyezdlar bir izdan yurişi va ularni töxtatişning iloji bölmasligi sababidan maktab öquvçisi halok bölgan bu hodisada maşinist aybdor bölmasligi ta’kidlangan.













