“Ta’lim dargohlari, tibbiyot muassasalari sotilmasligi va uning örnida beton uylar yoki savdo markazlari qurilmasligi kerak.

Agar bunday obektlarni xususiylaştirişga ehtiyoj bölgan taqdirda, bu borada qonunçilik hujjatlarida aniq normalar, prinsiplar işlab çiqilmagunça bunga ruxsat berilmasligi kerak.

Normalar şunday bölişi kerakki, xususiylaştirilgan yerlarda, obektlarda ta’lim yoki tibbiyot muassasalaridan boşqa heç qanday faoliyat turiga ruxsat berilmasligi kerak. Şifoxona örnida şifoxona, boğça örnida boğça bölişi kerak”, – deb yozdi Qobil Xidirov öz blogida.

Avvalroq, iqtisodçi Otabek Bakirov ijtimoiy soha obektlarini xususiylaştirmaslikni nazarda tutuvçi qonun işlab çiqişga çaqirgandi. Uning ta’kidlaşiça, maktablar, şifoxonalar, universitetlar makoni xususiylaştirişdan daxlsiz bölişi va ularning hududini sotiş qonun bilan taqiqlanişi zarur.

Kun.uz avvalroq Qaşqadaryo viloyatidagi törtta “Erkatoy” boğçalari işlab turgan bölsa-da, xususiylaştiriş dasturida “böş turgan obekt” sifatida sotuvga qöyilganiga e’tibor qaratgandi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bunga javoban muassasalarning “uzluksiz işlaşi borasida aniq çoralar belgilanmagunça” ular sotilmasligini ma’lum qildi.