"Dunyo" xabariga köra, tadbir Özbekiston Şavkat Mirziyoyev taşabbusiga asosan hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Yevropa kengaşi prezidenti tomonidan 2023 yil 2 dekabr kuni Çölponota (Qirğiziston)da bölib ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakçilarining ikkinçi uçraşuvida erişilgan kelişuvlarga muvofiq ötkazilmoqda.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Terhi Xakala, Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarşi kuraş böyiça koordinatori Bartyan Vegter, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriladigan dastur koordinatorlari va loyiha menejerlari hamda xavfsizlik sohasining Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo formatida faoliyat olib boruvçi Yevropa Ittifoqi tuzilmalarining qator ekspertlari iştirok etadi.

Konferensiyada LEICA (Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qiliş faoliyati), BOMCA (Markaziy Osiyoda çegaralarni boşqariş dasturi) va CADAP (Markaziy Osiyoda narkotiklarga qarşi kuraşiş dasturi) kabi xavfsizlik böyiça hamkorlik dasturlari doirasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo örtasidagi olib borilayotgan joriy hamkorlik aloqalari tahlil qilinadi.

Şuningdek, terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatçilik, transçegaraviy uyuşgan jinoyatçilik va odam savdosi kabi tahdidlarga qarşi kuraşiş sohalarida ham hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari örganib çiqiladi.