"Dunyo" xabariga köra, uçraşuvda Özbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini taşkil qiliş yuzasidan olib borilayotgan işlar, xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarimizni va ularning oila a’zolarini qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ma’lumot berildi.
Mazkur taşkilotning xorijiy işçilar bilan işlaş tajribasi, taşkiliy tarzda böş iş örinlariga Özbekiston fuqarolarini jalb qiliş masalasi böyiça fikr almaşildi.
Rossiya tomoni jalb etilgan işçilar rasmiy tarzda yollanişi, ularning ovqat va yaşaş xarajatlari qoplanişi, tibbiy körikdan ötiş va oylik maoşlar haqida batafsil aytib ötdi.
Bundan taşqari, iş beruvçi tomonidan taşabbusli xodimlarni örta-maxsus va oliy ta’lim malakalari böyiça öqitiş imkoniyatlari mavjudligi bildirildi. Hozirgi kunda taşkilotda qöşimça 70 nafar işçiga talab borligi va uşbu örinlarga Özbekiston fuqarolarini jalb etiş mumkinligi ma’lum qilindi.








