Qozoğistonda xotini Saltanat Nukenovani qiynab öldirgan sobiq amaldor Bişembayevning sud jarayonlarida bergan körsatmalari dunyo hamjamiyatini hayratga soldi. Ya’ni öta şafqatsizlik bilan öldirişga beriladigan 20 yil yoki umrbod qamoqni ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş töğrisidagi moddaga almaştirişga uriniş. Şu kunlarda Namanganda 68 yoşli şaxsning 7 yaşar qizçaga qilgan zöravonligi uçun avvaliga jinoiy iş qözğatildi, keyin esa qayta malakalanib u qamoqqa olindi. Har ikkala işda ham “moddalar öyini”ni köriş mumkin.

Saltanat ölimi fonida Qozoğistonda ham oiladagi zöravonlik uçun jinoiy javobgarlikka tortuvçi qonun qabul qilindi. Özbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiluvçi, oiladagi zöravonlikka qarşi jinoiy javobgarlik kuçaytirişni belgilab bergan qonun qabul qilinganiga 1 yil bölyapti. Kun.uz mazkur qonunning qanday işlayotganini tahlil qiliş maqsadida jamoatçilik faollari va qonun ustida iş olib borgan ekspertlarni suhbatga tortdi. 

Kamola Aliyeva, huquqşunos:

“Oilaviy zöravonlikning jinoyat sifatida e’tirof etilib, ma’muriy va jinoiy kodeksga kiritilişi mamlakatimiz uçun juda katta yutuq bölgan. Bunga bir yildan oşdi va şu davrda himoya orderlari bilan birga sud qarorlari ham qabul qilinmoqda.

Baho beriş uçun bir yil ertadir balki. Lekin olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan gapiradigan bölsak,Toşkent davlat yuridik universitetining 2 nafar tadqiqotçilari tomonidan mana şu sud qarorlari körib çiqilib, tahlil qilindi. Tahlilga köra, oilaviy zöravonlikda ayblanayotgan zöravonni jazolaş bilan bir vaqtning özida şu ayollarning özini ham jazolayotgani ma’lum bölgan. Bunaqa paradoksal holat heç qaysi huquq tizimida yöq ekanini aytişgan.

Qonunni qöllaşda sudyalar ayolga nisbatan şaxs sifatida emas, böysunuvçi xotin sifatida qaraşayotganiga guvoh bölamiz. Qonunning töğri işlaşini ta’minlaş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarini buni töğri tatbiq etişga örgatiş kerak. Undan keyin vaziyatga baho beriş mumkin, ammo ayni paytda qonun ikki tarafga işlayapti.

Sud qarorlarida ham bu holatni körişimiz mumkin. Sudyalar tomonidan işlarda ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 59/2 moddasini qöllaşda yaraştiruv bölmaganligi sababli boşqa tarafdan aylanib ötib, 21-modda bilan, ya’ni ijtimoiy xavfliligi yuqori bölmagan jinoyat ekanligiga urğu berib, oilaviy masala sifatida qarab işlarni yopib yuborayotganliginiyam körişimiz mumkin.

Qonunning qabul qilinganligi yaxşi, biz bu kartinani körişimiz kerak edi. Çunki qayerda, qay tarafdan kelib işlaşimiz va bu muammoga qanday yondaşişimizga “şparkalka” vazifasini ötaydi.

Oliy sud matbuot xizmati ma’lumotiga köra, 2024 yilning

1-çoragida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan 318 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllanilgan.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 4 343 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllanilgan.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 134 nafar şaxs sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) bilan 40 nafar şaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

Dilfuza Qurolova, huquqşunos:

“Qonun qabul qilinganida statistika köp bölişini aytgan edim. Öylaşimça, yil oxirida bundan ham köp böladi. Keyingi yil ham köp böladi. Çunki bundan avval bu statistika 0 bölgan. Bunday malakalanuvçi oilaviy zöravonlik degan jinoyat turi bizning qonunçilikda bölmagan.

2023 yilning aprelidan kuçga kirdi va statistika 0dan yuqoriga qarab ösişni boşladi. Odamlar bu qonun haqida bilişlari, ma’lumotga ega bölişlari uçun bu röyxat kötarilişi kerak. Oilaviy zöravonlik hatto huquqbuzarlik hisoblanmagandan keyin odamlarning xayoliga kelmaydi bu. Asta-sekin bu statistika kötarilgandan keyin ularda tuşunça paydo böladi: ursa jazolanişi yoki qamalişi mumkinligi haqida. Aholiga şunday fikr singganidan keyin bu statistika pasayadi. 4-5 yildan keyin bu statistika kamayişi kerak, deb öylayman”.

Mazkur Qonun bilan 5 ta kodeks va 10 ta qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilgan, oilaviy zöravonlik, şilqimlik uçun javobgarlik belgilangan edi. Şu örinda huquqşunos qonundagi yanada takomillaştirilişi kerak bölgan örinlar haqida töxtalib ötdi.

“Agar oilaviy zöravonlik sodir etilganda yaraştiruv bölib, sud tugatilsa, heç kimga sudlov berilmaydi. Bu degani keyingi safar qaytib zöravonlik sodir etilganda yana birinçi marta yuz berayotganday qabul qilinadi. Hali statistikani kuzatişda davom etamiz. Mana şu zöravonlar neça marta huquqbuzarlik qilgan bölsa ham agar unga jarima yoki boşqa jazo berilmagan bölsa, u yana zöravonlikni davom ettiraveradi. Qaysi bosqiçda bölmasin zöravonga heç bölmaganda “sudlangan” degan nom berilişi kerak. Yoki qayerdadir uni avval ham şu işni sodir etganligini qayd etiş kerak. Qayta sodir etaversa unga oğirlaştiruvçi modda bölişi kerak. Çunki mana 1 yil ötdi va şu vaqt içida biz şu muammolarni körib çiqdik” deydi Qurolova.

Jamoatçilik faoli Aqida Mohirova ayrim holatlarda statistikani sun’iy kamaytirişga urinişlar haliyat borligini aytdi:

“Balki statistika bundan ham köp bölişi mumkin. Çunki butun respublikani bilmaymiz, köp arizalar profilaktika inspektorlarining xonasida hal qilinişi mumkin. Eng kam murojaat Toşkentda, asosan hududlarda köproq uçraydi. Zöravonlikka uçragan, özining va bolalarining hayoti xavf ostida qolgan ayollar uçastka nozirlari arizasini qabul qilmagandan keyin menga qönğiroq qilişadi.

Bizda şunaqa tendensiya borki, qonunni örniga yuqori turuvçi rahbarlarning gapi, ya’ni statistikani oşirmaslik nazarda tutiladi. Bu nafaqat zöravonlik, jinoyatçilikda, suitsidda ham közga taşlanadi. Qaysi hududda bular köpayib ketsa, sariq, keyin esa qizil hududga aylanarkan. Va ularga xayfsan beriladi, yana takrorlansa ular işidan ayrilişadi. Şuning uçun sun’iy ravişda statistikani tuşiriş ham uçraydi.

Qaçonki jamiyatda ma’lum bir şaxslarning, rahbarlarning gapi emas - qonun işlasagina natija bölişi mumkin. Bu qonunning qabul qilingani judayam yaxşi. Örta Osiyoda Özbekiston birinçi bölib qabul qildi bu qonunni. Öşanda Qirğiziston va Qozoğiston faollari şunday qonun qabul qilinişini talab qilib namoyişlar ötkazişgandi. Bugunga kelib Beşimbayev ortidan qabul qilindi.

Men bir amaliyotçi sifatida aytamanki, köpinça jamoatçilik faollariga murojaat qilişadi va ular bu masalani kötargandan keyingina e’tibor qaratilyapti. Masalan, arizalarini qabul qilmaslik, himoya orderlarini bermaslik kabi. OAVga çiqqandan keyin 2 haftada berilmagan himoya orderi 2 soatda beriladi”.

Zöravonlikka uçragan xotin-qizlar IIBga “öz huquqini bilib murojaat qiliş”lari, 80 %i şilqimlikka uçrayotgan, özlari uçun kuraşayotgan ayollar va boşqalar haqida suhbatning töliq şaklida tanişiş mumkin.