AQŞ prezidenti Jo Bayden bir vaqtning özida Kaliforniyada bölib ötadigan mablağ yiğiş tadbiri tufayli kelasi oy Şveytsariyada ötkaziladigan Ukraina böyiça global tinçlik sammitini ötkazib yuborişi mumkin. Bu haqda 23 may, payşanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi. 

Ularning aytişiça, Amerika yetakçisi G7 yetakçilari yiğilişida iştirok etiş uçun Italiyaga uçadi, biroq 15 iyun kuni Los-Anjyelesga özining qayta saylaniş kampaniyasi uçun mablağ yiğiş tadbirida qatnaşiş uçun yöl oladi. Tadbirda Bayden bilan birga Hollivud aktyorlari Jorj Kluni va Juliya Robers, şuningdek, AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama va teleboşlovçi Jimmi Kimmel iştirok etişi kutilmoqda.

Bu qaror, Bloomberg ma’lumotlariga köra, uning raqibi Donald Trampning bir qarorga kelolmayotgan ştatlarda maşhurligi fonida Bayden uçun saylov kampaniyasi ustuvorligini ta’kidlaydi. Ötgan oyda Tramp mablağ yiğiş böyiça ilk bor Baydendan özib ketdi va 76 million dollargaça yetdi.

Agentlik suhbatdoşlariga köra, tinçlik sammitida AQŞ vitse-prezidenti Kamala Xarris ham bölmaydi. 

Ukraina böyiça beşinçi konferensiya

Ukraina böyiça global tinçlik sammiti 15-16 iyun kunlari Lyutsern yaqinida joylaşgan Byurgenştok kurortida bölib ötadi. Anjumanda 100 ga yaqin davlat iştirok etişi kutilmoqda. Sammit 2023 yilda Daniya, Saudiya Arabistoni va Maltada, 2024 yil 14 yanvarda Davosda bölib ötgan Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça törtta oldingi konferensiyaga öxşab ketişi kerak. 

OAV ma’lumotlariga köra, Ukraina Byurgenştokdagi uçraşuvga Xitoy rahbari Si Jinpingni ham taklif qilgan. Ukrainaga qarşi uruşni tugatiş imkoniyatlari muhokama qilinadigan Şveytsariyadagi sammitga Rossiya taklif qilinmadi. Moskva, öz navbatida, Rossiya Federatsiyasi iştirokisiz bunday uçraşuvning mantiqiy bölmasligini ta’kidladi.