Ozarboyjon çegara xizmati 1990-yillardan beri Armaniston nazoratida bölgan törtta qişloq hududi ustidan nazorat örnatdi. Bu haqda 24 may, juma kuni Ozarboyjon OAV Armaniston bilan çegarani delimitatsiya qiliş böyiça komissiyaga rahbarlik qilayotgan respublika boş vaziri örinbosari Şahin Mustafoyev matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Ozarboyjon çegaraçilari Baganis-Ayrum, Aşagi-Askipara, Xeyrimli va Qizilgajili qişloqlarini nazorat ostiga oldi.
Öz navbatida, Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) 24 maydan boşlab arman çegaraçilari Tavuş viloyatidagi uçta çegara qişloqlari – Berkaber, Voskepar va Baganis hududlarini qöriqlaşni boşlaşi haqida xabar berdi. Qöriqlanadigan hududning uzunligi deyarli 7 kilometrni taşkil qiladi. «Davlat çegarasining Kirans qişloği yaqinidagi 5,8 kilometrlik uçastkasini qöriqlaş 2024 yil 24 iyulgaça ötiş sxemasi böyiça amalga oşiriladi», — deya qöşimça qildi MXX.
Şu tariqa, Armaniston va Ozarboyjon şimoliy çegaradan qöşinlarini olib çiqib, hududlar ustidan nazoratni çegara xizmatlariga topşirdi.
Armanistonda keng kölamli namoyişlar
May oyi boşidan beri Armanistonda Ozorbayjonga hududiy yon berişlarga qarşi keng kölamli namoyişlar bölib ötmoqda. 13 may kuni «Tavuş vatan uçun» norozilik harakati rahbari arxiyepiskop Bagrat Galstanyan minglab tarafdorlarini norozilik faolligini kuçaytirişga çaqirdi. Avvalroq u Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanga iste’foga çiqiş uçun ultimatum qöygandi. Namoyişlar paytida yuzlab namoyişçilar qölga olingan.
Yerevan 4 ta hududiy birlikni Bokuga boy berdi
Avvalroq Armaniston taşqi işlar vazirligi Yerevan va Boku çegaraning alohida uçastkasi böyiça demarkatsiya, jumladan, Tavuş viloyati va Ozarboyjon şimoli-ğarbiy Ğazax viloyati örtasidagi törtta qişloq hududiy mansubligi haqida avval kelişib olganini ma’lum qilgandi. 1990-yillarning boşidan bu hududlar Armaniston tomonidan nazorat qilingan, ammo 2020 yilda mamlakatlar örtasidagi harbiy mojaro natijasida ular Ozarboyjonga ötgan.








