“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oşiriş hamda ixçam boşqaruv tizimini şakllantiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini körsatiş sohasida qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

2024 yil 1 iyuldan:

  • Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qiliş ularning xohişiga köra ID-karta va xorijga çiqiş biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylaştiriş jarayonida kompozit şaklda amalga oşiriladi;
  • avval davlat röyxatidan ötkazilgan (davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovçi hujjatga ustxat yoziş yöli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bölgan köçmas mulkka bölgan huquqlar töğrisidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritiş va bu haqida davlat reyestridan köçirma beriş bepul amalga oşiriladi;
  • noturar joylarni boşqa şaxsga ötkazişga oid bitimlarni rasmiylaştiriş bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning şaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlaştirilgan holda amalga oşiriladi hamda rasmiylaştirilgan bitim bir vaqtning özida davlat röyxatidan ötkaziş uçun kadastr organlariga yuboriladi.

2024 yil yakuniga qadar:

  • davlat xizmatlarini körsatişda şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etiş talab etilmaydi;
  • fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan ötiş bepul asosda amalga oşiriladi.