Iste’dodli va aql-zakovatli özbekistonliklarning dovruği jahonga taralişi lozim!

Bugun Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erişgan hamyurtimiz, faxrimiz, taniqli iqtisodçi olim Botir Qobilovni tabriklaşdan mamnunmiz. Vatandoşimiz dunyoda nufuzi böyiça uçinçi örinda turadigan universitetda PhD unvonini olgan birinçi özbekistonlik böldi!

Har bir yigit-qizimiz Botir kabi öz ustida işlab, bilimini çuqurlaştirişi, dunyoqaraşini kengaytirişi zarur. Qiyinçiliklardan aslo çöçimaslik, taslim bölmaslik kerak. Yoş döstlarim, öz ustingizda işlang, örganing, mehnat qiling va oldingizga ulkan maqsadlar qöying. Botir Qobilovning yutuği barça uçun ilhom manbai böla oladi. Faxrlansa arzigulik yurtdoşlarimiz köpaysin!,  deb yozdi Komil Allamjonov özining telegram kanalida.

Eslatib ötamiz, Özbekistonlik iqtisodçi Botir Qobilov Harvard universitetida doktorlik unvonini oldi.

Botir Qobilov – iqtisodçi, avvalroq AQŞning Dyuk universitetida iqtisodiyot magistri darajasini olgan. U Uzbekonomics Telegram-kanali muallifi, şu nomdagi podkastlar hammuallifi hisoblanadi. Qobilov jamoatçilik faoli sifatida qator mavzularda öz mulohazalarini bildirib keladi.